Oliy taʼlimda ilmiy faollik va reytinglarni yuksaltirishga bagʻishlangan seminar
2025-05-01 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda xalqaro ilmiy maydonda katta obroʻga ega boʻlgan ekspert, “London Gigiyeva va Tropik tibbiyot maktabi” universitetining professori, bir nechta Scopus jurnallari bosh muharriri hamda dunyodagi eng koʻp iqtibos olgan 2% olimlar roʻyxatiga kiritilgan professor Don Eliseo Lucero-Prisno III, vazirlik mutasaddilari hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro reyting va ilmiy ishlar sohasida faoliyat yurituvchi masʼul mutaxassislar ishtirok etdi.
Seminarni Taʼlim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi Bahodir Sobirov ochib berdi va oliy taʼlim tashkilotlarining ilmiy salohiyati, nashr faolligi va xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlarini oshirishga doir muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro reytinglar metodologiyasi (QS, THE, Webometrics, ARWU), ilmiy nashrlar sifati va hajmini oshirish strategiyalari, Scopus va Web of Science kabi platformalarda maqola chop etishning texnik jihatlari, tadqiqot faoliyatida mentorlik tizimining ahamiyati hamda universitetlararo global hamkorlik imkoniyatlari kabi dolzarb masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
Seminar yakunida ishtirokchilar ilmiy salohiyatni oshirishda barqaror strategiyalar ishlab chiqish, xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan faol aloqalar oʻrnatish va ilmiy maqolalarni eksport qilish borasidagi amaliy yoʻl-yoʻriqlar bilan tanishtirildi.