Oliy ta’lim tizimi menejerlari uchun malaka oshirish seminarida xalqaro tajriba va dolzarb yondashuvlar muhokama qilindi
2025-04-29 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Riga texnika universiteti huzuridagi Rzeknen akademiyasi vakillari ishtirok etdi. Akademiya direktori professor I. Metule “Yevropa davlatlarida ilmiy tadqiqotlar va ularning talablari” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, ushbu akademiyaning Iqtisodiyot fakulteti dekani professor I. Arbidane “Boshqaruv usullari” mavzusida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar davomida zamonaviy ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, loyihaviy boshqaruv tizimlari, akademik halollik tamoyillari, innovatsion yondashuvlar va raqamli transformatsiya jarayonlari xususida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, ta’lim tizimida liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish, jamoaviy qaror qabul qilish madaniyatini shakllantirish masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi.
Muhokamalarda quyidagi asosiy jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
✅ Strategik boshqaruv va natijadorlikka yo‘naltirish – muassasalarda barqaror rivojlanishni ta’minlash vositasi sifatida;
✅ Akademik erkinlik va ochiq muloqot madaniyatini qaror toptirish – ilmiy salohiyat va ijodiy muhitni kuchaytirish omili sifatida;
✅ Jamoaviy va shaffof qaror qabul qilish mexanizmlari – oliygohlarda samarali boshqaruv tizimini shakllantirishda muhim vosita sifatida.