“TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasi doirasida nufuzli oliy ta’lim tashkilotlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi
2025-05-23 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Unda Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti kabi nufuzli universitetlarning vakillari tomonidan ta’lim tashkilotlarining tarixi, asosiy yo‘nalishlari, missiyasi va maqsadlari, taniqli bitiruvchilar va ularning karyerasi haqida taqdimotlar amalga oshirildi.

"TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.