Rahbar va talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-05-23 19:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotib Oybek Qosimov, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida ishtirokchilarga mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yutuqlar, shuningdek, innovatsion salohiyatni yuksaltirish borasidagi sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
So‘ngra, talaba-yoshlar o‘zlarining takliflari, startap loyihalari va ilg‘or g‘oyalarini rahbarlar e’tiboriga taqdim etdilar. Bu ochiq muloqot orqali nafaqat muammolar ko‘tarildi, balki ular yechimiga oid aniq takliflar ham ilgari surildi.
Suhbat davomida iste’dodli va tashabbuskor talabalardan biri bevosita ishga qabul qilindi, bu esa yoshlar uchun yaratilayotgan real imkoniyatlarning amaliy tasdig‘i bo‘ldi.
Mazkur tadbir yoshlar va rahbarlar o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.