“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi: Respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi
2025-05-24 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.
Bellashuvlar doirasida yoshlar nafaqat ilmiy loyihalarini taqdim etdilar, balki o‘zaro tajriba almashish, yangi do‘stlar orttirish va ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
24-may kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, shuningdek, bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar quyidagilar bo‘ldi:
Eng dolzarb muammoga yechim: Sharofiddinova Sabina, Joldasbayeva Aydana
Eng kreativ ishtirokchi: O‘rozboyeva Nafisa, Amangeldiyeva Aydin
Eng faol o‘g‘il bola: Ortiqboyev Jamshid, Karimov Jamshid
Eng faol qiz bola: Toliboyeva Aygerim, Meliqo‘ziyeva Zarnigorxon
Eng qiziqarli loyiha taqdimoti: Kalbayeva Nadira, Tohirjonova Muattarxon
Kelajak innovatori: Abdullayeva Gulnoz, Boltaboyev Asadbek
Eng yaxshi prototip: Aytmuratova Mehribonu, Jumaboyev Bekmirzo
Eng faol ishtirok uchun: Bekmetova Charos, Islomova Durdonaxon, Xoshimboyeva Muazzamxon.
Shuningdek, 16–19 yosh va 20–25 yosh toifalari bo‘yicha texnika, IT, kimyo, arxitektura, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, farmatsevtika, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar kesimida eng yaxshi loyihalar mualliflari aniqlanib, esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.