“ProfSkills Belarus 2025”: O‘zbekiston vakillari xalqaro tanlovda ishtirok etmoqda
2025-05-23 16:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu nufuzli musobaqada 400 nafarga yaqin ishtirokchi 50 ta kompetensiya (kasb yo‘nalishi) bo‘yicha bellashmoqda.
Tanlov qurilish, ishlab chiqarish, muhandislik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, ijtimoiy va shaxsiy xizmatlar, shuningdek, ijodiy kasblar va moda yo‘nalishlarini qamrab olgan.
Chempionatda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy va Zimbabve kabi YOII+ hamkor-mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashmoqda.
O‘zbekiston vakillari – Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari kasbiy ta’lim tashkilotlaridan iqtidorli o‘quvchilar ushbu chempionatda 4 ta kompetensiya bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etmoqda.
Mazkur xalqaro tanlov nafaqat kasbiy salohiyatni namoyish etish, balki tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatini ham yaratmoqda.