O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda o‘tkazilgan IX xalqaro kasbiy ta’lim forumida ishtirok etdi.
2025-05-26 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, uning hududiy boshqarmalari hamda mamlakatdagi qator kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
Forumda kasbiy ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, raqamli ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonlariga joriy etish, shuningdek, kadrlar tayyorlash sifatini va samaradorligini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari forum ishtirokchilari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida Xitoyning yetakchi ta’lim muassasalari, texnoparklari va sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ilmiy-akademik almashinuvlar va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.