audio

    16+
    Foydali ma'lumotlar

    Poytaxti: Toshkent.

    Hududlar: 12 viloyat + Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

    Mashhur shaharlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon, Farg‘ona, Mo‘ynoq.

    Til: asosiy til – o‘zbek tili, xalqaro aloqa tillari - rus, ingliz.

    Millatlar: mamlakatda 134 dan ortiq millat vakillari yashaydi, ammo aholining asosiy qismi o‘zbeklardir (83,8%).

    Din: O‘zbekiston – dunyoviy davlat, aholining ko‘p qismi musulmon. Shuningdek, mamlakatda xristianlik, buddizm va boshqa dinlarning vakillari istiqomat qiladi.

    Soat mintaqasi: UTC +5.

    Internet zonasi: .uz

    Xalqaro telefon kodi: +998

    Pul birligi: so‘m.

    Iqlimi: Qishi yumshoq, yozi issiq.

    SHOSHILINCH XIZMATLAR:

    Yong‘inga qarshi kurash xizmati (FVV) - 101;

    Militsiya - 102;

    Tez yordam - 103;

    Avariyali gaz xizmati - 104;

    Ma’lumotlar bo‘limi - 109.

    BAYRAMLAR

    1 yanvar – Yangi yil

    14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

    8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

    21 mart – Navro‘z bayrami

    9 may – Xotira va qadrlash kuni

    1 sentabr – Mustaqillik kuni

    1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni

    8 dekabr – Konstitutsiya kuni

    Iyd al-Fitr (diniy bayram) – sanasi o‘zgarib turadi

    Iyd al-Adha (diniy bayram) – sanasi o‘zgarib turadi

    MUASSASALARNING ISH TARTIBI

    O‘zbekistondagi barcha davlat muassasalari 8 soatlik ish tartibida ishlaydi.

    Davlat muassasalari (banklar, elchixonalar va konsulliklar) – soat 9:00 dan 18:00 gacha yoki 8:00 dan 17:00 gacha, tushlik 13:00 dan 14:00 gacha.

    Maxsus xizmatlar – tez tibbiy yordam, dorixonalar, FVV, yong‘in xavfsizligi xizmati, militsiya, transport kompaniyalari: aeroport, temir yo‘l stansiyalari tunu kun (sutkalik) ishlaydi.

    Turistlar uchun turar joylar (mehmonxonalar, otellar, mehmonlar uchun uylar, sanatoriylar, ayrim turistik dam olish maskanlari) – check-in va check-out tartibida.

    Chakana savdo tarmoqlari (savdo-ko‘ngilochar markazlari, gipermarketlar, do‘konlar) – soat 08:00 dan 23:00 gacha.

    Ko‘ngilochar maskanlar (istirohat bog‘lari, kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari) - soat 10:00 dan 23:00 gacha.

    Umumiy ovqatlanish joylari (restoranlar, qahvaxonalar, barlar, choyxonalar) soat 10:00 dan 23:00 gacha.

    Tungi muassasalar (restoranlar, barlar, tungi klublar) soat 21:00 dan 05:00 gacha va, odatda, oxirgi mijozgacha.

    TRANSPORT 

    Siz O'zbekistonga samolyotda, poyezdda, xalqaro avtobuslarda yetib borishingiz, ekstremal sayohatni yoqtiradiganlar esa avtomobil, mototsikl va hatto velosipedda borishi mumkin. O‘zbekistonda avtomobillar o‘ng tomondan harakatlanadi.

    Samolyotlar: 
    Mamlakatning asosiy aeroporti Toshkentda joylashgan. I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar floti zamonaviy Boeing-767-300, Boeing -757-200, Airbus-320-200, Boeing 787-8 Dreamliner va British-Aerospace Avro RJ85 havo kemalariga ega. Ekonom va biznes-klasslarning zamonaviy va qulay salonlari, multimediya xizmatlari, mazali taomlar, samimiy styuardessalar – bunday qulayliklarning barchasiga O‘zbekiston aviakompaniyalari samolyotlarida parvoz qilganda ega bo‘lish mumkin. O‘zbekistonning har bir mintaqasida xalqaro aeroportlarning zamonaviy terminallari Siz uchun ochiq.

    Poyezdlar:
    O‘zbekistonda jamoat transportining biri bugungi kunda mashhurlikda aviaparvozlardan kam emas. Eng mashhur va tezyurar poyezdlardan biri bu "Afrosiyob" tezyurar poyezdi bo‘lib, u bir kechayu kunduzda ikki marta qatnaydi. Bu qulaylik, sifatli taomlar va birinchi darajali xizmat ko‘rsatishdir.

    Toshkent metrosi:
    Agar siz O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib qolsangiz, shaharning eng diqqatga sazovor joylaridan biri –Toshkent metrosiga albatta tashrif buyuring. Bu yerda har bir bekat - noyob san’at galereyasidir. Metro xizmatlaridan har kuni soat 06:00 dan 00:00 gacha foydalanish mumkin.

    Shaharlararo avtobuslar:
    Mamlakatimizda O‘zbekistonning barcha shaharlari va qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan shaharlararo va xalqaro avtobuslar har kuni va har soatda qatnaydi.

    Shahar avtobuslari:
    Shahar bo‘ylab harakatlanishning eng qulay va tejamkor usullaridan biri – bu shahar transportidir. Hozirgi kunda shahar avtobuslari zamonaviy media-texnologiyalar, konditsioner, Wi-Fi bilan jihozlangan, shuningdek, avtobus salonida nogironlar uchun qulayliklar mavjud. Chiptalarni avtobusning o‘zida nazoratchilan sotib olish mumkin.

    Yo‘nalishli taksilar:
    O‘zbekistonda yo‘nalishli taksilardan asosan shahar bo‘ylab uzoq masofalarga harakatlanish uchun, ko‘pincha shaharning bir chetidan ikkinchisiga yetib borish uchun foydalaniladi. 

    Taksi:
    Siz taksi xizmatlaridan shahar bo‘ylab aeroportga va temir yo‘l bekatiga borish yoki, masalan, kun bo‘yi qiziqarli joylarga ekskursiya qilish, shahardan tashqariga chiqish yoki do‘stlaringiz bilan ulkan mamlakatimizning boshqa shaharlariga borish uchun foydalanishingiz mumkin. Toshkent va Samarqandda mobil ilovalari orqali taksiga buyurtma berish mumkin.

    Avtomobil ijarasi:
    Agar siz shahar atrofida sayr qilishni afzal ko‘rsangiz, unda Siz uchun eng yaxshi yo‘l – bu mashina ijarasidir. Toshkentda tanlash uchun turli toifadagi avtomobillarni ijaraga beradigan ko‘plab kompaniyalar mavjud. Sizga faqat pasport va haydovchilik guvohnomasi kerak bo‘ladi xolos. Shuningdek, agar Siz O‘zbekistonga yaqinda kelgan bo‘lsangiz, qulaylik uchun xaritasini oling, u shahardagi barcha kiosklarida sotiladi.

    • view_icon 27884
    Oxirgi yangilanish: 2023-03-06 19:52:37